1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

6 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Migrantlar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

6 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi

 

Rossiyaning Kuzbass viloyatida yashovchi olti nafar o‘zbekistonlik ikki marta migratsiya qonunchiligini buzgani uchun mamlakatdan chiqarib yuboriladi, deb xabar berdi «Moskovskiy Komsomoles». 

 

Unga ko‘ra, olti nafar O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 7 iyunidan boshlab Mariinsk shahrida migratsiya ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy yashab kelgani aytilmoqda. Migrantlar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning har biriga 2000 rubl (366 541 so‘m) miqdorida jarimaga belgilangan.

 

«Ular jarimani to‘lagan, biroq migratsiya ro‘yxatidan o‘tish qoidalarini buzish shaklida Rossiyada bo‘lish rejimini bir necha bor buzgan, yaʼni Kuzbass hududida noqonuniy qolishni davom ettirgan», deyiladi  Mariinskiy shahar sudi bayonotida.

 

Sud har bir migrantga 5000 rubl (916 354 so‘m) miqdorida jarima va Rossiyadan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborishni belgilagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика