1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

9-mart uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikada 18 darajagacha iliq harorat kuzatiladi.

9-mart uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

9-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18  daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика