1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abdulaziz Kamilov Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoni tabrikladi

Ma’lum qilinishicha, 3-mart kuni O’zbekiston bilan Vengriya o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganiga 30 yil to’lgan.

Abdulaziz Kamilov Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoni tabrikladi

 

Bugun, 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabrikladi. 

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining maktubida so‘nggi yillar ikki davlat munosabatlarining barcha sohalarda va turli darajalarda jadal yuksalish davriga aylangani qayd etilgan.


Shuningdek, Vengriya bilan siyosiy, parlament, iqtisodiy va taʼlim sohalarida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani maʼlum qilingan.

 

O‘z navbatida, Peter Siyarto ham O‘zbekiston Vengriyaning strategik sherigi ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tgan.

 

“Biz umumiy madaniy-tarixiy meros hamda o‘zaro hurmat, ishonch va do‘stlik kabi qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashni maqsad qilganmiz”, – deyilgan Vengriya tashqi siyosat idorasi rahbarining maktubida.

 

Vazirlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Vengriya xalqlari manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham har tomonlama rivojlanib borishiga ishonch bildirishgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика