Yaʼni, Toshkent milliy taʼlim universitetiga oliy taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan.
Oliy ta'lim va innovatsiyalar vazirligi ushbu xususiy taʼlim muassasasiga oliy taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy ekanini maʼlum qilib chiqdi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko‘rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy OTMlari ro‘yxatidagi oliy o‘quv yurtlarini tanlashlari so‘raldi.


