Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi va kuniga ikki smenada:
• 1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
• 2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin .
Eslatib o’tamiz kechadan 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi . Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olish so‘ralmoqda.


