Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida saytning mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda DTM rasmiy telergam sahifasida ma’lum qilindi.
Mobil ilova orqali oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinayotgan yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.
Mobil ilova “Android” operasion tizimida ishlovchi telefonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 3 xil tilda — o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida foydalanish imkoniyati mavjud. Uni “Google Play” paltformasiga orqali yuklab olish mumkin.


