“Adidas” kompaniyasi Rossiya aktivlarini xorijiy investorga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Taʼkidlanishicha, kompaniya shu tariqa mamlakatdagi yuzga yaqin eng daromadli do‘konlarni qayta ishga tushirishi mumkin.
Sport kiyimlari va aksessuarlar ishlab chiqaruvchisi “Adidas” 2022 yil mart oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi va chakana savdo do‘konlarini vaqtincha yopgan edi. Oktyabr oyida kompaniya mamlakatdagi biznesini butunlay to‘xtatishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, “Adidas”ning Rossiya tuzilmasi hamon faollikni saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Yana bir mashhur xalqaro sport poyabzali va kiyimlari brendi “Reebok” ham Rossiya bozoridagi faoliyatini to‘xtatgandi. Keyinchalik “Reebok” tovarlari Rossiyada turk xoldingi orqali yana sotilishi maʼlum bo‘ldi.


