O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 22,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 100,02 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 22,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 100,02 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 190,23 so‘mga baholanib, 62,64 so‘mga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 128,32 so‘m etib belgilanib, 1,18 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 22-avgust, seshanba kunidan kuchga kiradi.


