1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aeroportlarda kutib oluvchilarning ichkariga kirishiga ruxsat berildi

Hozirda Toshkent xalqaro aeroportida zal maydonini ko‘paytirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Aeroportlarda kutib oluvchilarning ichkariga kirishiga ruxsat berildi

 

Anomal sovuqlar munosabati bilan respublika aeroportlari binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.

 

Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangandi. 14-yanvardan boshlab barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutishlari mumkin bo‘ladi.

 

“Muammo ko‘p yillar davomida mavjud edi. Odamlar issiqda va sovuqda tashqarida turishgan va xavfsizlik nuqtayi nazaridan va boshqa bir qator sabablarga ko‘ra ularni ichkariga kiritish taqiqlangan. 2018 yilda qurilgan uchib kelish zali ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, unda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan. Uning ustiga zal juda kichkina. Biz hozirda binoning old qismini surish orqali zal maydonini ko‘paytirish loyihasini ishlab chiqmoqdamiz, bu yerda kutib oluvchilar uchun sharoit yaratish mumkin bo‘ladi. Jarayon zal atrofida ko‘plab kommunikatsiyalar o‘rnatilganligi sababli murakkablashmoqda. Har safar biz mavjud aeroportni qayta qurish, kengaytirish, qulayroq qilish uchun harakat qilishga qo‘l urganimizda, poytaxtimizga yangi aeroport qurish kerak ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz. Ammo aeroportlar bir kunda bunyod etilmasligini hisobga olib, imkon qadar mavjud aeroportni rekonstruksiya qilmoqdamiz”, — dedi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Raʼno Jo‘rayeva.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика