1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘oniston aholisining 55 foizi ochlikdan aziyat chekyapti

Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi maʼlumot berdi.

Afg‘oniston aholisining 55 foizi ochlikdan aziyat chekyapti

 

Afg‘oniston aholisining har ikkinchisi ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda RF xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev maʼlum qildi.

 

U bu haqda Dushanbeda tashkil etilgan afg‘on masalasi bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida aytgan.

 

“Yaqin vaqt ichida Afg‘onistonda oziq-ovqat tanqisligi muammosi yana-da keskinlashishi mumkin. mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, 40 million aholining 95 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligini his qilmoqda, 55 foiz aholi esa ochlikdan aziyat chekmoqda”, – degan Patrushev.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holat ortidan migratsion vaziyat ham og‘irlashishi mumkin. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilda afg‘on qochoqlari soni 2.6 millionni tashkil etdi.

 

“Agar Afg‘onistonda vaziyat yomonlashishda davom etsa, bu raqam ko‘p martaga oshadi. Shu bilan birga migrantlar nafaqat Eron va Pokistonga, balki Markaziy Osiyo davlatlari tomon ham harakatlanishi mumkin”, – deb qayd etgan siyosatchi.

 

Bundan tashqari, hozirda afg‘on zaminida 20 dan ortiq terrorchi guruhlar faoliyat yuritayotganiga eʼtibor qaratilgan. RF xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, masalan, “Al-Qoida” terrorchilari soni ko‘payib bormoqda va ular ming kishini tashkil etmoqda.  

 

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика