“Tolibon” delegatsiyasi Moskvadagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahat uchrashuvida ishtirok etmaydi. Bu haqda RF Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.
“Toliblar delegatsiyasi bo‘lmaydi, bu faqat Moskva formati aʼzolari”, – degan diplomat.
Moskva formatining navbatdagi uchrashuvi noyabr o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
O‘tgan safargi uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasiga hukumat rahbarining o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy boshchilik qilgandi.


