Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yoqub Kobul qo‘shni davlatlarning bosqiniga jim qarab turmasligini maʼlum qildi.
Vazir Pokiston tomonidan berilgan aviazarbalarga norozilik bildirgan.
“Biz butun dunyo bilan birga, qo‘shnilarimiz tomonidan ham muammo va tahdidlarga duch kelyapmiz. Bunga yaqqol misol – Kunar viloyatidagi hujum”, – degan u.
Shuningdek, mulla Yoqub Afg‘oniston bundan buyon bosqinlarga jim qarab turmasligini aytgan.
Maʼlumot o‘rnida: Pokiston 15 aprel kuni Kunar va Xost viloyatlariga aviazarba berdi. oqibatda 50 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq Afg‘oniston TIVda Markaziy Osiyo davlatlari elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


