Afg‘onistonda havoning keskin sovib ketishi oqibatida 20 kishi vafot etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, kamida 70 kishi Hirotdagi shifoxonaga keltirilgan. Qorni och va uyini isitishga qurbi yetmaydigan qashshoq aholi qahratondan ko‘proq aziyat chekmoqda.
Bundan tashqari, sovuqda qolgan 4 mingga yaqin bosh qoramol ham nobud bo‘lgan.
BMT insonparvarlik masalalari boshqarmasi xabar berishicha, bu hafta Afg‘onistonda havo harorati -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.


