19 dekabr kuni soat 10:39da Afg‘onistonning Tohor hududida 6 ballik zilzila qayd etildi. Epitser Toshkentdan 551 km janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Seizmoprognoz monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning O‘zbekiston hududida sezilish darajasi quyidagicha bo‘ldi:
Surxondaryo viloyati — 4 ball (206 km)
Qashqadaryo viloyati — 3 ball (417 km)
Samarqand viloyati — 3 ball (423 km)
Jizzax viloyati — 2–3 ball (441 km)
Sirdaryo viloyati — 2–3 ball (467 km)
Farg‘ona viloyati — 2–3 ball (502 km)
Navoiy viloyati — 2 ball (542 km)
Toshkent shahri — 2 ball (550 km)
Namangan viloyati — 2 ball (561 km)
Andijon viloyati — 2 ball (564 km)
Hozircha fuqarolar va infratuzilmada jiddiy oqibatlar qayd etilganligi haqida ma’lumot yo‘q.


