1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda mediaga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi

Endilikda ayollar ishtirokidagi seriallar berish taqiqlandi.

Afg‘onistonda mediaga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi

 

Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Endilikda barcha telekanallarda translyatsiyalarning shariat normalalariga zid emasligi nazorat qilib boriladi. Ko‘ngilochar dasturlar dindorlar hissiyotiga dahl qilmasligi belgilangan. Shuningdek, efirga chiqadigan ayollarning boshini ro‘mol bilan berkitishi shart qilib qo‘yildi.

 

Shu bilan birga, ayollar ishtirokidagi teleseriallar qatʼiy taqiqlandi. Bundan tashqari, G‘arb madaniyati targ‘ib qilinadigan filmlarga ham taqiq qo‘yildi.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” harakati 15 avgust kuni Afg‘onistondagi markaziy hokimiyatni egalladi. Harakat sentyabr boshida yangi hukumat tuzdi. Toliblar hokimiyati davrida Afg‘onistonda OAV va jamoat tashkilotlari faoliyati yana-da cheklandi.

 

Avvalroq “Tolibon” matbuotga nisbatan yangi cheklovlar joriy etgani to‘g‘risid xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика