Afg‘onistonning janubiy hududida joylashgan Qandahor shahrida rasmiylar qo‘g‘irchoqlar savdosini taqiqladi. Bu haqda Afg‘oniston xalqaro portali xabar berganiga ko‘ra, qaror Tolibonning “Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonlikdan saqlanish” vazirligi tomonidan chiqarilgan.
Mazkur qaror asosida bolalar uchun mo‘ljallangan bir qator o‘yinchoqlar, xususan, inson qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarni sotish harom, deb e’lon qilindi. Taqiqlovchilar buni diniy asoslar bilan izohlamoqda: ular nazarida, bunday o‘yinchoqlar islomda man etilgan butlarga o‘xshab ketadi.
Qandahor shahar hokimiyati barcha savdogarlarga taqiqlangan mahsulotlarni javonlardan darhol olib tashlashni buyurgan.


