1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjiddagi namozxonlarni otib tashladi

Qurbonlar orasida “Imom Zamon” nomi bilan mashhur bo‘lgan masjid imomi Shayx Javed ham borligi aytilmoqda.

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjiddagi namozxonlarni otib tashladi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida 29 aprel kuni qurollangan nomaʼlum shaxslar masjiddagi odamlarga hujum qildi

 

Maʼlum qilinishicha, hodisa G‘uzra tumanidagi “Shahrak Muhammadiy” masjidida sodir bo‘lgan. Mototsikldagi qurollangan shaxslar Kalashnikov avtomati bilan odamlarni o‘qqa tutgan. Hodisa oqibatida olti kishi, jumladan, to‘rt erkak, bir ayol va bola halok bo‘lgan. Maʼlumotni “Tolibon” ichki ishlar vazirligi rasmiysi tasdiqladi. 

 

Qurollangan shaxslar voqea joyidan yashiringan. Otishmada yaralangan ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. G‘uzra tumanida asosan hazoriylar istiqomat qiladi va hudud bir necha bor ISHID jangarilari tomonidan hujumga uchragan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика