1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

Har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda.

Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

 

Afg‘onistonda avvalgi yillardagi qurolli mojarolardan qolgan portlovchi snaryad va o‘q-dorilar tinch aholi hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

 

Afg‘onistonning Kunar viloyatida sodir bo‘lgan bir nechta portlashlar oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, sakkiz kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Nur-Gul va Asmar tumanlarida fojiali hodisalar qayd etilgan. Xususan, Nur-Gul tumanida turar joylardan birida qo‘lda yasalgan portlovchi moslama portlashi oqibatida bir nafar bola halok bo‘lgan. Asmar tumanida esa yana bir portlash sodir bo‘lib, uning natijasida bir nafar ayol vafot etgan.

 

Viloyat politsiyasi xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar zudlik bilan tibbiy muassasalarga yetkazilgan, ayrim jabrlanuvchilarning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, mintaqada o‘nlab yillar davom etgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida turar joy hududlari yashirin portlovchi vositalar bilan to‘lib ketgan. UNISEFning so‘nggi hisobotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda. Qurbonlarning qariyb 85 foizini bolalar tashkil etadi.

 

Shuningdek, vaziyat viloyatlarda xavfsizlik bilan bog‘liq umumiy keskinlik fonida yana-da murakkablashmoqda. Jumladan, shu hafta Taxor viloyatida oltin qazib olish bilan bog‘liq qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yana to‘rt nafar shaxs halok bo‘lgani maʼlum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика