1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Afg'onistonlik bir qator amaldorlar AQShning "qora ro'yxati"ga tushdi

Ularga Amerika vizalari berilmaydi.

Afg'onistonlik bir qator amaldorlar AQShning "qora ro'yxati"ga tushdi

 

AQSh afg‘on ayollari huquqlarini poymol qilayotgan afg‘on elitalariga viza cheklovlari kiritadi. Bunday shaxslarning qarindoshlariga ham cheklovlar qo'llaniladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi.

 

Cheklovlar Tolibonning ayrim amaldagi va sobiq aʼzolariga taalluqlidir. Roʻyxatga Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari vakillari va ayollarning universitetlarda oʻqishi va notijorat tashkilotlarda ishlashini taqiqlashni talab qilgan amaldorlar ham kiritilgan.

 

“Tolibon barcha afg‘onlar, jumladan, ayollar va qizlarning inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini hurmat qilishni boshlamaguncha, jahon hamjamiyatining hurmati va qo‘llab-quvvatlashiga umid qila olmaydi”, — dedi janob Blinken.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика