1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonlik yo‘lovchi Xitoyga chiptasiz uchdi

U samolyot hojatxonasiga yashirinib olgan.

Afg‘onistonlik yo‘lovchi Xitoyga chiptasiz uchdi

Avstriyadan Xitoyga parvoz qilgan Hainan Airlines samolyotida chipta va hujjatlarsiz yo‘lovchi aniqlangan. U afg‘onistonlik erkak bo‘lib, Vena xalqaro aeroportida rasmiy nazoratdan o‘tgan bo‘lsa-da, samolyotga chiqish vaqtida olomon orasida yashirinib, ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lgan. U bortdagi hojatxonada yashirinib olib, Xitoyning Shenchen shahriga yetib borgunga qadar ekipaj e’tiboridan chetda qolgan.

 

Parvoz boshlanganidan so‘ng, styuardessalar noqonuniy yo‘lovchini aniqlagan, biroq samolyotni ortga qaytarish imkoniyati qolmagan. Shunday qilib, Shenchen aeroportiga yetib kelganida, erkak Xitoy politsiyasiga topshirildi. Rasmiylar uni mamlakatga kirish qoidalarini buzganlikda ayblab, darhol Venaga deportatsiya qildi. Avstriyaga qaytgach, u hibsga olindi, biroq keyinchalik sud uni garov evaziga qo‘yib yubordi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика