Turkiya va Rossiya Afrikaga bepul g‘alla yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
“Putin bilan muzokaralar davomida biz muhtoj davlatlarga bepul g‘alla yetkazib berishga kelishib oldik. putin bilan Afrika Qora dengiz g‘alla koridoridan manfaat ko‘rishi bo‘yicha yagona pozitsiyaga egamiz. Biz donning og‘ir oziq-ovqat inqirozidan aziyat chekayotgan davlatlarga yetib borishini taʼminlaymiz”, – degan u.
Somali, Sudan va Jibuti bepul g‘allaning ilk xaridoriga aylanadi. Shu bilan birga Erdog‘an ushbu tashabbusni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham muhokama qilgan.


