1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afrikada Marburg virusi tarqala boshladi

Infeksiya o‘ta yuqumli bo‘lib, unga qarshi davo muolajalari mavjud emas.

Afrikada Marburg virusi tarqala boshladi

 

Ekvatorial Gvineya mamlakatida ilk bor Marburg virusi tarqalishi qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlum qildi.

 

Virusdan kamida to‘qqiz kishi vafot etgan. Ularning barchasi G‘arbiy Kiyentem provinsiyasidan.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, hozir mamlakatda 16 kishi kasallikka gumon qilinib, karantinga olingan. Barcha bemorlarda isitma, charchoq, bosh og‘rig‘i va qon aralash qayt qilish kabi xarakterli alomatlar kuzatilgan.

 

JSSTning bayonotiga ko‘ra, Marburg virusi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali faol tarqaladi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur xavfli xastalik G‘arbiy Afrikaning Gana mamlakatida ham qayd etilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика