Nomaʼlum firibgarlar “Buxoro” futbol klubi nomidan soxta taklifnoma tayyorlab, 17 yoshli afrikalik futbolchini 5 800 ming dollarga chuv tushirdi. Bu haqda “Buxoroisharif” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Afrika qitʼasida joylashgan Kot-D‘ivuar davlat fuqarosi Vamara Diarrassouba ismli futbolchini “Buxoro” PFK rahbariyati O‘zbekistonga taklif qilgan va u bilan shartnoma imzolashga kelishib olgan. Lekin aeroportida klub masʼullari uni kutib olmagan.
Hech kim bilan bog‘lana olmagan afrikalik futbolchi Toshkent aeroportida tunashga majbur bo‘lgan.
Qayd etilishicha, afrikalik futbolchining qo‘lida “Buxoro” professional klubining sobiq rahbari Muhsin Muhammadiyev nomi bilan imzolangan xat bor. Hujjatda 2023 yilning 4 may sanasi ko‘rsatilgan. M.Muhammadiyev esa 3 yil avval klub rahbarligidan ketgan. Shuningdek, mazkur “taklifnoma”da bir nechta jiddiy imloviy xatolar ham mavjud.
“Buxoro” PFK taklifnoma soxta ekani, aslida futbolchi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaganini taʼkidladi.
"Ushbu chet el fuqarosini futbolchi sifatida (rasmda Kot-dIvuarʼivuar Respublikasi pasporti) Buxoro futbol klubi taklif etgani haqiqatga yaqin emas. Rasmda ko‘rsatilgan taklif qog‘ozi “Buxoro” PFKga taalluqli emas, yaʼni soxta hisoblanadi", – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Aniqlanishicha, g‘arbiy afrikalik 17 yoshli futbolchi 5 800 dollarga yaqin pullarini “Buxoro” nomidan taklif etgan firibgarlar hisobiga o‘tkazib bergan.
Ayni damda esa Vamara Diarrassouba poytaxt Toshkentdagi mehmonxonalarning biriga joylashtirilgan.


