"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "Afrosiyob" elektropoyezdlarining ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, bundan asosiy maqsad, xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning respublikaning tarixiy shaharlarida uzoqroq bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Unga ko‘ra: "Afrosiyob" elektropoyezdlari qatnovi jadvalining taklif etilayotgan harakat jadvali quyidagicha:
Misol:
Amaldagi jadval:
Toshkent – Qarshi
Ertalab jo‘nash vaqti 7:24
Toshkent – Samarqand
Ertalab jo‘nash vaqti 7:47
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 8:23
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 8:50
Tavsiya etilgan jadval:
Toshkent – Qarshi
Ertalab jo‘nash vaqti 6:24
Toshkent – Samarqand
Ertalab jo‘nash vaqti 6:47
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 7:23
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 7:50.
"Biz doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasidagi yo‘lovchi poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda turizmni yanada rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilamiz",- deyiladi xabarda.


