1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Agar Putin yoki otam buyursa” — Qodirovning o‘g‘li Zelenskiyni tutib kelishini aytdi

Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi Zelenskiyni harbiy jinoyatchi deb atadi.

“Agar Putin yoki otam buyursa” — Qodirovning o‘g‘li Zelenskiyni tutib kelishini aytdi

Checheniston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan keskin bayonot berdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Zelenskiyni harbiy jinoyatchi sifatida Grozniyga olib kelish mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda news.ru nashri xabar berdi.

 

Adam Qodirovning taʼkidlashicha, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoki Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tomonidan tegishli topshiriq berilsa, Zelenskiyni “istalgan joyda topish va Grozniyga olib kelish” masalasi faqat vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatda Zelenskiy prezident sifatida emas, balki “jinoyatchi” sifatida olib kelinadi.

 

Shuningdek, Adam Qodirov Zelenskiyga nisbatan bir qator haqoratli iboralarni ishlatib, Ukraina rahbarining siyosiy faoliyati yakuniga yaqinlashayotganini iddao qildi.

 

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Zelenskiyning go‘yoki uni “o‘g‘irlash” haqidagi chaqirig‘ini tanqid qilgan va bu kabi bayonotlar mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga to‘sqinlik qilishini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday chiqishlar Ukraina rahbarining o‘zi uchun siyosiy va axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi.

 

Adam Qodirov esa bu bayonotlarni javobsiz qoldirmasligini, Chechenistonda bunday so‘zlar “unutilmasligi va kechirilmasligi”ni taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика