1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ahmad Masʼud: “Tolibon”bilan kurashga tayyorman”

Panjsher viloyatidagi “Tolibon” ga qarshi kuchlar qo‘mondoni Ahmad Masʼud toliblarga taslim bo‘lishdan bosh tortdi.

Ahmad Masʼud: “Tolibon”bilan kurashga tayyorman”

Masʼudning so‘zlariga ko‘ra, viloyat aholisi jangarilarga qarshi turishga qaror qilgan. “Ular Panjsher ustidan nazorat o‘rnatmoqchi bo‘lsa, biz qarshilik ko‘rsatishga tayyormiz. Biz SSSRga qarshi kurashganmiz, toliblarga ham qarshi kurasha olamiz”, degan qo‘mondon.

Shuningdek, u “Tolibon” Afg‘onistonda xavfsizlik va tinchlik shartlarini bajargan taqdirda, otasining o‘limini kechirishini aytgan (Masʼudning otasi mashhur dala qo‘mondoni Ahmadshoh Masʼud 2001 yil 9 sentyabrda o‘ldirilgan).

Shu bilan birga, Masʼud toliblar muzokaralardan bosh tortganini maʼlum qilgan. Qo‘mondonning  fikricha, harakat agar odamlarni kuch bilan ushlab turishda davom etsa, uning hokimiyati uzoqqa cho‘zilmaydi.

22 avgust kuni “Tolibon” Panjsherga taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt bergan. Shuningdek, viloyatga ko‘shimcha kuchlarni jo‘natish boshlangan. Bundan avval bir necha oliy martabali afg‘on rahbarlari, jumladan, Milliy yarashuv kengashi rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzay Panjsherga muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan. Lekin muzokaralar  natija bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Kobulda yangi hukumat tuzish masalasida muzokaralar boshlangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика