1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AI-80 benzin ishlab chiqarish hajmi oshirildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ijtimoiy yonilg‘i ishlab chiqarish 50 foizga ko‘paygani aytilmoqda.

AI-80 benzin ishlab chiqarish hajmi oshirildi

 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida qish mavsumi boshlanishi bilan AI-80 markali benzin ishlab chiqarish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa oshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

14-dekabr holatiga ko‘ra korxonada kuniga 1 250 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich shu yilning yanvar-noyabr oylaridagi 800 tonnani tashkil etgan.

 

Qayd etilishicha, zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini maqsadli yangilash hamda Saneg neft-gaz kompaniyasi (2022 yil iyun oyidan beri FNQIZga egalik qiladi) tomonidan jalb qilingan investitsiyalar tufayli qayta ishlash hajmini oshirishga erishilgan.

 

Bundan tashqari, AI-92 benzin ishlab chiqarish hajmi ham oshirilgan. Hozirda har kuni kamida 500 tonna shu markali mahsulot savdolarga qo‘yilmoqda.

 

Korxona direktori Habib Latipovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda korxonaning barcha resurslari aholini hamyonbop yoqilg‘i, xususan, benzin bilan taʼminlashga qaratilgan.

 

“Yaqinda aksiz solig‘ining bekor qilinishi bozorga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi va talab ham sezilarli darajada oshdi. Biroq biz ishlab chiqarish dasturini undan oldin, noyabr oyida korxonaning ish hajmini moslashtirib, kuz-qish mavsumining maksimal davri yaqinligini anglagan holda o‘zgartirgan edik”, - deydi korxona direktori Habib Latipov.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика