1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ajratilgan mablag‘lar kambag‘allik va ishsizlikni 2 barobar qisqartirishi shart — Prezident

Prezident Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar aniq natija berishi, hokimlar esa xalq oldida hisob berishi shartligini ta’kidladi.

Ajratilgan mablag‘lar kambag‘allik va ishsizlikni 2 barobar qisqartirishi shart — Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari ajratilayotgan mablag‘lar infratuzilmani yaxshilash orqali kambag‘allik va ishsizlikni kamida ikki barobar qisqartirishga xizmat qilishi shartligini qat’iy ta’kidladi. Prezident tuman hokimlari aholiga ochiq murojaat qilib, mahallama-mahalla yurib, nechta fuqaroni ish bilan ta’minlashi va qancha oilani kambag‘allikdan chiqarishini aniq tushuntirib berishi zarurligini qayd etdi.

 

— Shuncha mablag‘ ajratilgach, tuman hokimi xalq oldida mas’uliyat olib, natija uchun javob bersin. Hokimlik faoliyatiga xalqning o‘zi baho bersin, — dedi Prezident.

 

Shuningdek, hududlarni sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis sohalaridagi “solishtirma ustunlik”dan kelib chiqib rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yondashuv Furqat va Dehqonobod tumanlari misolida tushuntirildi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 70 ta tuman va mingta “og‘ir” mahallaning salohiyatini tahlil qilib, ish o‘rinlari va daromadni oshirishga qaratilgan infratuzilma loyihalari bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish va moliyalashtirishni boshlash topshirildi.

 

Bundan tashqari, har bir tumanda 5–10 ta mahallani bog‘laydigan 1–2 gektarli sanoat zonalari va klasterlar tashkil etilib, jami 100 ming nafar aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика