1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ilm-fan

Akademik Edvard Rtveladze vafot etdi

Atoqli arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi 80 yoshida vafot etdi.

Akademik Edvard Rtveladze vafot etdi

 

E.Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yo‘lining eski va yangi yo‘nalishlarini o‘rganib chiqqan.

 

Xususan, Shimoliy Baqtriya hududida tadqiqot olib borgan olim Kampirtepaning noyob qadimiy yodgorligini topishga muvaffaq bo‘lgan.

 

U 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir.

 

Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi O‘zbekiston, Rossiya, Italiya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan.

 

Olimning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.

 

E.Rtveladze Beruniy nomidagi davlat mukofoti, texnika sohasidagi O‘zbekiston davlat mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика