Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi.
Test sinovlari soat 8:00 boshlanadi. Imtihonlarni o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


