Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
- birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi;
- ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Ta'kidlanishicha, test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.


