1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun taʼlim krediti ajratiladi

Bu to‘g‘ridagi Prezident qarori joriy yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun taʼlim krediti ajratiladi

 

“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  

 

Qarorga muvofiq 2022-yil 1-oktyabrdan nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun taʼlim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bunda taʼlim kreditlari:

 

  • Markaziy bankning asosiy stavkasida (15%);
     
  • BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
     
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun taʼlim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.

 

2022-yil 1-noyabrdan IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) isteʼmol kreditlari ajratiladi.

 

Bunda isteʼmol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика