Finlyandiya NATOga aʼzo bo‘lganidan keyin mamlakat va Rossiya o‘rtasida Aland orollarini demilitarizatsiya qilish to‘g‘risidagi masala ko‘tarildi.
Baʼzilar kelishuv endi mantiqiy emas deb hisoblasa, boshqalar, shu jumladan, ushbu hududlar rasmiylari orollarni demilitarizatsiya qilish davom etishi kerak, deb hisoblamoqda. Harbiy siyosatshunoslar, o‘z navbatida, Aland orollari nato uchun Boltiq dengizi ustidan nazorat o‘rnatuvchi tramplin sifatida muhim ekanini taʼkidlamoqda.
Shu bilan birga, 2022 yilda Finlyandiya fuqarolarining 58% dan ortig‘i Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli orollarda harbiy bo‘lishni qo‘llab-quvvatlagan. O‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning atigi 16 foizi orollarni harbiylashtirishga qarshi chiqdi, yana 28 foizi tanlov qila olmadi.
Aland orollari 1856 yildan beri Finlyandiyaning avtonom va qurolsizlantirilgan viloyati maqomini saqlab kelmoqda va bu 1920 yildagi Millatlar Ligasi qarori bilan tasdiqlangan. Orollardagi rasmiy til fin emas, shved tilidir.
O‘tgan hafta Finlyandiyaning fuqarolik tashabbuslari sayti mamlakatning NATOga qo‘shilishi munosabati bilan Aland orollaridagi Rossiya konsulligining yopilishi to‘g‘risida imzo to‘plashni boshladi. Finlyandiya parlamentida ko‘rib chiqilishi uchun hujjat 50 ming imzo to‘plashi kerak.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunga javoban Xelsinki ushbu hududlar maqomi bo‘yicha xalqaro huquqiy majburiyatlarga rioya qilishda davom etishiga umid bildird


