1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alanga ichida qolgan Gavayi

Qurbonlar soni ortib bormoqda.

Alanga ichida qolgan Gavayi

 

Gavayining Maui orolidagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 59 kishiga yetdi. Bu haqda Gavayi gubernatori Josh Grin CNN telekanaliga ma’lum qildi.

 

Gubernatorning aniqlik kiritishicha, halok bo'lganlarning barchasi yong‘indan qochishga harakat qilgan. Shuningdek, u qurbonlar soni ortishi mumkinligini ham ta'kidladi.

 

Ma'lumot uchun, yong‘in sayyohlar gavjum bo'lgan Laxayna shahriga o‘tib, katta hududni egallab oldi. Avvalroq Maui gubernatori vaziyatni Gavayidagi sunami tufayli 61 kishi halok bo‘lgan 1960-yildagi fojia bilan solishtirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика