1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Albaniyaning 8-prezidenti hibsga olindi

Sobiq prezident Ilir Meta korrupsiyada ayblanmoqda.

Albaniyaning 8-prezidenti hibsga olindi

Poytaxt Tiranada mamlakatning sobiq prezidenti, “Ozodlik” partiyasi asoschisi Ilir Meta qo‘lga olindi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari u pul yuvish, korrupsiya va daromadlarni yashirishda ayblanayotganini yozmoqda. Meta barcha ayblovlarni rad etyapti.

 

Ilir Meta 2017 yildan 2022 yilgacha Albaniya prezidenti bo‘lgan. bungacha u bosh vazir, parlament spikeri va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. 2011 yilda ommaviy axborot vositalari uning yuqori martabali amaldorlar ishtirokidagi firibgarlik sxemasini muhokama qilayotgani aks etgan videoni eʼlon qilganidan so‘ng, Meta korrupsiya ishi bo‘yicha ayblangan edi. Keyinroq unga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика