1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Albatta, maktab bitiruvchilarining bilimi past—XTV

Vazirlik DTM imtihonlarida past ball to‘plagan abituriyentlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Albatta, maktab bitiruvchilarining bilimi past—XTV

 

Ijtimoiy tarmoqda joriy o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga kirish itihonlarida qatnashib, past natija ko‘rsatgan abituriyentlar natijasi keng jamoatchilik tomonidan atroflicha muhokama etilmoqda. Bildirilayotgan fikrlarga Xalq ta’limi vazirligi rasmiy munosabat e’lon qildi.

 

Qayd etilishicha, test sinovlarida ishtirok etgan jami abituriyentlarning 386 523 nafar yoki 24 foizi joriy yilgi maktab bitiruvchilarini tashkil etadi. 810 mingdan ortiq yoki 76 foiz abituriyentlar kasb-hunar maktablari, akademik liseylar bitiruvchilari va eng asosiy qismi oldingi yillar davomida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan yoshlardan iborat.

 

2021 yilda bitiruvchilarning o‘rtacha bali (samaradorlik ko‘rsatkichi) 2020 yilga nisbatan 69,8 balldan 74,9 ballga, ya’ni 5.1 ballga oshgan. Shuningdek, past natija ko‘rsatgan (56,7 balldan kam) bitiruvchilarning ulushi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan qariyib 13 foiz yoki 35 232 nafarga kamaygan. 

 

Jumladan, 2020 yilda 56.7 balldan past natija ko‘rsatgan bitiruvchi-o‘quvchilar 138 780 nafar (yoki 46 foiz)ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 103 548 nafar (yoki 33 foiz)ni tashkil etgan.

 

“Albatta, hozirgi kunda maktab bitiruvchilarining bilimi va ko‘nikmalari past ekanligini qayd etish kerak. Hozirgi kunda maktab ta’limida ta’lim mazmunini yangilash hamda pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha boshlangan qadamlar, sekin-astalik bilan bitiruvchilarning darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика