1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Aleks Song: «Arsenal» tez orada eski o`rnini tiklab oladi, deb umid qilaman.»

Angliyaning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Aleks Song «to‘pchilar»ning muammolari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Aleks Song: «Arsenal» tez orada eski o`rnini tiklab oladi, deb umid qilaman.»

«Arsenal»ning asosiy muammosi tarkibdagi futbolchilarning saviyasi bilan bog‘liq. Men o‘ynagan davrda jamoada yaxshi o‘yinchilar ko‘p edi.
Hozirgi tarkibni ham yomon, deya olmayman, lekin solishtirganda avvalgidek emasligi ayon bo‘ladi.
Men Terri Anri, Saul Kempbell, Bergkamp, Van Persi, Fabregas, Nasri va Arshavin kabi buyuk futbolchilar davrida to‘p surganman. Bu futbolchilar bilan birga o‘ynash zavqli edi. Afsuski, ular bugun maydonda emas.
Men umrbod «kanonirlar» bilanman va jamoa tez orada eski o`rnini tiklab oladi, deb umid qilaman»,— deydi Song.
Ma’lumot uchun: Aleks «Arsenal» safida 133 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Roberto Morenoning Lionel Messining “barsa”dan ketishi bilan bog‘liq  fikrlari berilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика