1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 mlrd so‘mdan oshib ketgan – Shavkat Mirziyoyev

Prezident MIB faoliyati qoniqarsiz ekanini aytib, alimentga oid yangi tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 mlrd so‘mdan oshib ketgan – Shavkat Mirziyoyev

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida muhim va dolzarb masalalardan biri – aliment to‘lanishi borasidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tilgan. Bu haqda “YANGI O‘ZBEKISTON” xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan. Lekin ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda. 

 

"Oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. Har bir viloyat hokimi o‘z raqamlarini biladi. Shu bois 2021-yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz. Endi aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi", degan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro byurosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

 

Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика