1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alimentdan qarzdor ota oldindan 5 yillik to‘lov qildi

Unda 14 million so‘m miqdorida qarzdorlik shakllangan.

Alimentdan qarzdor ota oldindan 5 yillik to‘lov qildi

 

Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tumani ish yurituvidagi aliment ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ota qarzlari bilan birga 5 yil uchun oldindan to‘lovni amalga oshirdi.

 

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining 2020-yil 24-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Z.U.dan undiruvchi M.M. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan ijro hujjati kelib tushdi.

 

Hujjatga asosan qarzdor ota aliment qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab, 14 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik shakllangan.

 

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor Z.U. aliment qarzlari bilan birga oldindan 5 yil uchun aliment pullarini to‘lab berishni bildirdi. Qarzdorning ma’lum qilishicha, uning kasbi quruvchilik va u tez kunlarda Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun chiqib ketishi lozim. Shu tariqa, Z.U.farzandi ta’minoti uchun 11 200 AQSH dollari (142 mln. so‘m) miqdoridagi pullarni taqdim qildi.

 

Endilikda, Z.U.ning xorijga chiqishi uchun qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика