Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Alisher Saʼdullayev ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori hamda Oliy Majlis Senati aʼzosi hisoblanadi.
2020-yil 10-iyulda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi etib qayta tashkil etilgan, federatsiyaning yangi raisi agentlik direktori etib tayinlangan.


