Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Qayumovich Shodmonov Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, Shodmonov 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1985-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.
Shuningdek, 2015-2017-yillarda Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. Bundan tashqari, Shodmonov 2017-2020-yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ham ishlagan.


