Ilhom Aliyev Rajab Toyyib Erdog‘an bilan Istanbulda uchrashdi. Ozarbayjon prezidenti Turkiyaga vayronkor zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirish maqsadida kelgan.
Davlat rahbarlari uchrashuvi “Vaxdettin” qarorgohida va matbuot uchun yopiq rejimda bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 6 fevralda yuz bergan yer silkinishi oqibatida 44 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi.


