Rossiyalik xonanda Alla Pugacheva 2 noyabr kuni Rossiyaga qisqa muddatga qaytganida chegarachilar tomonidan taxminan bir soat davomida so‘roqqa tutilgan.
Alla Borisovna Rossiyaning Pskov viloyatidagi chegara nazorati punktida to‘xtatilib, yopiq suhbat uchun maxsus xonaga olib borilgan.
Chegarachilar bilan suhbatda Primadonna, u chet elda ruhiy va moddiy jihatdan hayot qiyin ekanligini aytgan.
Shundan so‘ng, sumkadan bir nechta portretlarni olib, chegarachilarga esdalik sovg‘a sifatida topshirgan.
Ertasi kuni Pugacheva ko‘chmas mulk bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va sevgi haqida qo‘shiq kuylash uchun Gryaz qishlog‘idagi uyiga borgan.


