Dolomit Alp tog‘larida muzliklarning erib, o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, 9 kishi jarohatlangan.
15 nafar bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda. 3 500 metr balandlikda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Fojia Trento provinsiyasida, Apennin yarim orolining eng yirik muzligi Marmoladada sodir bo‘lgan.
Ikki guruh alpinistlar toqqa chiqishayotganida, katta muz, qor va tosh parchalari 300 km/soat tezlikda tepadan pastga qulagan.
Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Muz massasining yemirilishi muzlik tepasida +10 daraja - rekord iliq harorat qayd etilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar yangi xavf borligidan ogohlantirmoqda.
Ekologlarning fikriga ko‘ra, so‘nggi yigirma yil ichida muzlikning uchdan bir qismi erib ketgan.


