Amazon tropik o‘rmonlarida oltin qazib olishdan o‘nlab noyob hayvon turlari aziyat chekmoqda.
Bir guruh xalqaro olimlar yaqinda o‘tkazgan tadqiqoti natijasida shunday xulosaga kelishdi. O‘rmonlarining bir qismi joylashgan Peruda 46 ming kishi noqonuniy ravishda oltin qazib olish bilan shug‘ullanadi. Ularning faoliyati natijasida hudud simob bilan ifloslangan. U hayvonlarning organizmlariga kirib, hududning ekotizimini buzmoqda.


