Koojack startapi jazirama kunlarda tana haroratini bir meʼyorda saqlashga yordam beradigan kiyim taqdim etdi.
Kiyim 6 ta ventilyatorni o‘z ichiga oladi, u bir tugmadi bosish orqali ishga tushadi va 3 soniya ichida tanani sovitish imkoniyatiga ega.
Yangi mahsulot 25 darajagacha haroratni saqlab beradi. Uning boshlang‘ich narxi 129 dollardan boshlanib, joriy yilning sentyabr oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Hozirda kiyimni ishlab chiqarish uchun loyihaga mablag‘ yig‘ilmoqda.


