1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amerikada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha global onlayn sammit bo‘lib o‘tadi

AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning sentyabr oyida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha global onlayn sammit o‘tkazmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, sammitning asosiy mavzusi “Delta” shtammi va unga qarshi kurash bo‘ladi.

Amerikada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha global onlayn sammit bo‘lib o‘tadi

 

 

Ayni paytda Amerika maʼmuriyati nodavlat tashkilotlar bilan bo‘lajak konferensiya tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda pandemiya boshlanganidan beri 198 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 4,2 million kishi kasallik va asoratlardan vafot etgan. Amerikada esa 34 million odam koronavirusga chalingan bo‘lib, uning 600 mingdan ortig‘i dunyodan ko‘z yumdi. AQSH bu borada  “birinchi”likni qo‘ldan bermay kelyapti.

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика