Amerikaning Bark kompaniyasi uy hayvonlari va ulanring egalari uchun charter reysni yo‘lga qo‘ydi.
Hozircha yo‘lovchilar uchun faqat ikkita yo‘nalish mavjud: samolyot Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga yoki Londonga uchadi. Bir tomonlama chipta narxi 6 000 dollardan 8 000 dollargacha.
Yo‘lovchilar uchun yuqori darajali xizmat ko‘rsatiladi. Xususan, kabinada sokin musiqa ijro etiladi, styuardlar kuchuklarni barcha kerakli vositalar bilan taʼminlaydi.
Yangi kompaniyaning ilk parvozlari may oyida boshlanadi. Uning egalari allaqachon internetda chiptalarning haddan tashqari qimmatligi uchun tanqid qilinmoqda.


