Pensilvaniya shtatida yashovchi 76 yoshli Mildred Simoneri o‘zining eski kamzulini xayriya tashkilotiga topshirdi. Biroq keyinchalik u kamzul cho‘ntagida 2,5 million dollarlik yutug‘i bor lotereya chiptasi bo‘lgani esiga tushadi.
Mahalliy xabarlarga ko‘ra, ayol bir yil davomida chiptani qidirib, umid qilib yashagan. Biroq lotereya tashkiloti va rasmiylar yutug‘ni faqat chipta mavjud bo‘lsa to‘lash mumkinligini aytishgan.
Hozirda Mildred kamzulni olgan notanish inson chiptani qaytarishiga umid qilmoqda.