Shimoliy Karolinalik Dayan Chabriyer kechasi do‘konga pirog xarid qilish uchun bordi va 100 ming dollar yutib oldi.
Gap shundaki, do‘konda unga lotareya olish taklif qilingan. U 30 ta lotereya chiptasini sotib olgan. Ertasi kuni ertalab ayol eri va qizi bilan omadini sinab ko‘rgan va ular 100 ming dollar sohibiga aylanishgan.
Ayol raqam tanlashda onasining tug‘ilgan sanasidan foydalangan holda g‘olib bo‘lgan.


